Ayni paytda “Shaffof” brendi ostidagi 73 ta xo‘jalik sub’ektiga qarashli 101 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasining tabiiy gaz va elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish holatlari o‘rganilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda respublikaning turli hududlarida “Shaffof” brendi ostida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari hamda tadbirkorlik subyektlarida sodir etilayotgan noqonuniy holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 6-fevral kungi yig‘ilishda energetika resurslari haligacha talon-toroj qilinayotgani, metan-shoxobchalar ustidan nazorat butunlay izdan chiqqannini tanqid qilgandi. Shu sabab tizimga energetika nazorati bo‘yicha ikki yil “favqulodda tartibda” ishlash vazifasi qo‘yilib, Energoinspeksiya va Majburiy ijro byurosining ishini takomillashtirish, elektr va tabiiy gazga ulanishda yangicha yondashuvlarni joriy qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты