“Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1149-son, 10.06.2026 y.) qabul qilindi.
Qonunga koʻra, shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
- shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yashash va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib, avariya holatiga kelib qolganligi;
- hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlarning mavjudligi.
Shaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:
mavjud obyektni asosiy konstruksiyasini oʻzgartirmasdan rekonstruksiya qilish;
- mavjud obyektni buzish va boʻshagan yer uchastkasida buzilgan obyekt toifasidagi yangi obyektni qurish;
- yashil hududlarni va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish.
Shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish boʻyicha taklif quyidagi subyektlar tashabbusiga koʻra kiritilishi mumkin:
- davlat tashabbusiga koʻra;
- huquq egalarining tashabbusiga koʻra;
- uchinchi shaxslarning tashabbusiga koʻra.
Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharsozlik renovatsiyasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61115 | Инструменты