Huawei 1
Shahrisabz aeroporti ilk bor o‘rta masofalarga mo‘ljallangan ATR-72 samolyotini qabul qildi

10-may kuni Shahrisabz aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ATR 72-600 samolyotida Toshkent – Shahrisabz yoʻnalishida amalga oshirilgan birinchi reysini qabul qildi. An'anaga ko'ra, samolyot suv arkasi, ekipaj esa gullar bilan kutib olindi.

Shu tariqa, 18-maydan boshlab "Silk Avia" aviakompaniyasi Toshkentdan Shahrisabzga ATR 72-600 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta – seshanba, payshanba, juma va shanba kunlari parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahrisabzga parvozlar kichik sig‘imga ega Let L-410 samolyotlarida amalga oshirilgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagi va yurish yo‘lagining kapital ta’mirlanishi tufayli Shahrisabz aerodromi endilikda o‘rta masofaga uchuvchi samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, sayyohlik shahriga yo‘lovchilar oqimining oshishiga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51210 | Инструменты