Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda “burilish nuqtasi” bo‘lganini e’lon qildi va Istanbulda yangi maslahatlashuvlarga mezbonlik qilishni taklif qildi. Shu bilan birga, Rossiya allaqachon harbiy harakatlarni qayta boshlagan.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainada o’t ochishni to’xtatish bo’yicha muzokaralarda “tarixiy burilish nuqtasi”ga erishilganini aytdi. Turkiya prezidenti bu so‘zlarni 11-may, yakshanba kuni fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotida aytdi.
"Erdo'g'an Ukraina va Rossiya o'rtasidagi urushni tugatish yo'lida tarixiy burilish nuqtasiga erishilganini, bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini va Turkiya o't ochishni to'xtatish va mustahkam tinchlikni ta'minlash uchun muzokaralar tashkil qilish bilan birga har qanday hissa qo'shishga tayyor ekanligini aytdi", - deyiladi Turkiya prezidenti devonining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.
Erdo'g'anning Putin bilan muzokaralari
Keyinroq Erdo‘g‘an Vladimir Putin bilan ham telefon orqali gaplashgani ma’lum bo‘ldi. Turkiya rahbari Rossiya prezidentining Istanbulda Ukraina bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotini olqishladi. “Turkiya yakuniy yechimga olib keladigan muzokaralar olib borishga tayyor”, deyiladi bayonotda. “Yagona oʻt ochishni toʻxtatish tinchlik muzokaralari uchun zarur muhitni yaratadi”, dedi Erdoʻgʻan.
Rossiya rasmiylari Putinning Erdo‘g‘on bilan muzokaralarini tasdiqladi. “Turkiya tomoni barqaror tinchlikka erishishga qaratilgan muzokaralarni tashkil etish va o‘tkazishda har tomonlama yordam beradi”, — deyiladi Kreml bayonotida.
Kremlning Istanbuldagi muzokaralar tashabbusi
11-mayga o‘tar kechasi Putin Ukrainaga 15-maydan boshlab hech qanday shartlarsiz urushni tugatish bo‘yicha Istanbulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.
Shundan so‘ng Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar o‘t ochishni to‘xtatgandan keyingina mumkin ekanligini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi 11-may kuni Ukrainada 9-may sharafiga qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan so‘ng allaqachon harbiy amaliyotlarni qayta boshlaganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51212 | Инструменты