Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda mavjud 122 ta muzey salohiyatidan foydalanilmayotganini ta'kidladi
Prezident raisligidagi videosektor yig'ilishida O'zbekistonda mavjud 122 ta muzey salohiyatidan foydalanilmayotgani ta’kidlandi.
Ma'lum qilinishicha, muzeylarda 2,5 mlndan ortiq ashyo saqlanib, 112 mingtasi nafaqat mamlakat, balki jahon miqyosida noyob hisoblanadi.
“Lekin qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘q. Misol uchun, Savitskiy, Termiz arxeologiya, O‘zbekiston davlat san’at muzeylariga butun dunyodan odamlar keladi, lekin aholimizni bu madaniyat maskanlariga borishi tizimli tashkil etilmayapti. Shu bois bugun Abduhakimovga yangi o‘rinbosarlar – Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev, Botir Shaxriyorovni tayinladim. Har bir viloyat hokimiga ham turizm bo‘yicha o‘rinbosarlar berilgan. Bunday imkoniyat qachon bo‘lgan? Bu borada Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Farg‘onada turizm bo‘yicha o‘rinbosarlar yaxshi ishlayapti. Qolgan hudud mas’ullari hali "uyg‘ongani" yo‘q", dedi Prezident.
Shu 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati belgilash, yakuni bo‘yicha lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112503 | Инструменты