Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maslahat kengashi a’zolarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi.

Yangi O‘zbekistonda islohotlar strategiyasini amalga oshirishga ekspertlik ko‘magini ko‘rsatish hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini modernizatsiya qilishga texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish borasida amaliy hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" sammitiga tayyorgarlik doirasida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21121 | Инструменты