Ijtimoiy tarmoqlarda "tuman prokurori yordamchisi shifokor ayolga stul otdi" sarlavhasi ostida videoyozuv tarqaldil. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirib, videoda ko‘rsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini ma’lum qildi.
O‘rganishda, videoxabarda qayd qilingan shaxs oliy ta’lim muassasasi talabasi ekanligi aniqlangan.
"Oliy ta’lim muassasasi manfaatlariga zarar yetkazmaslik maqsadida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam markazining bemorga nisbatan jinsiy tajovuzda gumon qilinayotgan feldsheri qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты