Huawei 1
Shu yil oktyabr oyidan boshlab gaz ta'minoti tizimi modernizatsiya qilinadi

Joriy yilning 5-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi “Respublika iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qarorga muvofiq, gaz ta’minoti tizimini modernizasiya qilish, rivojlantirish va mavjud quvvatlardan samarali foydalanish maqsadida 2022-yil oktyabrda markaziy issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylarda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi to‘liq yo'lga qo'yilishi va billing tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi - tuman (shahar) chegarasi - yirik uchastkalarning kirish qismi - iste’molchi” texnologik zanjiri asosida 1 800 ta elektron hisoblagichlarni o‘rnatish va monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2024-yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarda joylashgan aholi xonadonlarining gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichli tizimga o‘tkazishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • 2022-yilda “Hududgazta’minot” AJ tizimidagi gaz tarmoqlarining geoaxborot tizimini joriy etish bo‘yicha qurilmalarning elektron topografik xaritasi va atributiv ma’lumotlarini shakllantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • 2022-2024-yillarda “Hududgazta’minot”ni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlarining maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • Gaz ta’minoti tizimidagi xodimlarning xorijiy davlatlar ixtisoslashgan kompaniyalari va markazlarida malakasini oshirish, korporativ boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.

Hujjat - Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51201 | Инструменты