Huawei 1
Shuhrat Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi. 

Ma’lumot uchun, 2021 yil 23 martda Prezident farmoni bilan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgandi. U Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.

Xolmuhammedov Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq avvalgi Mudofaa vaziri Bahodir Nizomovich Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi. Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov esa lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122702 | Инструменты