Huawei 1
Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament tasdiqlandi. U 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Texnik reglament:

- eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun mo‘ljallangan;

- yuridik shaxslar tomonidan ko‘rgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;

- jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Texnik reglament:

- xom ashyo va ingrediyentlar;

- tashish va saqlash;

- ishlab chiqarish;

- qadoqlash;

- tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi. 

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.

Shuningdek, tamaki mahsulotlarining o‘ramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90422 | Инструменты