Xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish tadbirlari doirasida dunyoning yetakchi havo “xab”laridan biri – "Changi" aeroporti (Singapur) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni ochish istiqbollari muhokama qilindi. "Singapur Changi Airport" vakillari ushbu yo‘nalishni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirgan holda, Singapur sayyohlik kompaniyalarining O‘zbekistonga, jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida, qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar.
Toshkent aeroportining asosiy tranzit markazi sifatidagi roliga alohida e’tibor qaratildi. "Changi" aeroporti vakillari Toshkentning Yevropa shaharlari bilan keng yo‘nalishlar tarmog‘i O‘zbekiston poytaxtini Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yo‘lovchilar oqimi uchun strategik muhim nuqtaga aylantirishini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusidagi hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va logistika, marketing qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalarni aniqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52103 | Инструменты