Huawei 1
Sirdaryo va Namanganda 3,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma'lum bo'ldi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MCHJda gaz hisoblagichiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa uzilib, 223,3 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 3,2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты