Huawei 1
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ipak gilam to‘qish fabrikasi tashkil etiladi

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev “Agro Global” MCHJ tomonidan joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ipakni qayta ishlash va undan gilam to‘qish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, dastlabki bosqichda ipak xom ashyosidan ip ishlab chiqariladi, keyinchalik gilam to‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Ustoz-shogird anʼanasi asosida shu sohaga qiziquvchilar o‘qitilib, so‘ng ishga qabul qilinadi. Pirovardida 120 nafar aholi ish bilan taʼminlanadi. Umumiy qiymati 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan fabrikada to‘qilgan gilamlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

Viloyat hokimi “Boyovut techno cluster” MCHJning umumiy qiymati 20,7 million AQSH dollariga teng, ayni kunda 450 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan ip yigiruv fabrikasida ishlab chiqarish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты