Sirdaryoda nomaʼlum erkak onlayn qimor o‘yinini o‘ynab katta miqdorda pul mablag‘larini yutqazib qo‘ygani uchun o‘zini osgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 2024 yilning 28 dekabr kuni 1995 yilda Sardoba tumanida tug‘ilgan S.S. soat taxminan 13:30 atrofida o‘zining yashashxonasidagi omborxona shifti qismiga yog‘och to‘sinchaga bo‘yin sohasidan arqan bilan o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisa joyiga tuman prokurori R. Norbo‘yev, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari S. Sabirov, tuman IIB tezkor-tergov guruhi ishtirokida tuman prokuraturasi tergovchisi O. G‘oyibnazarov tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, marhum S.S.da o‘tkazilgan tashqi ko‘rik jarayonida uning tanasida bo‘yin sohasidagi strgulyatsion izdan boshqa tan jarohati aniqlanmagan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sardoba tumani bo‘limiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida marhum S.S. yashash manzilida turmush o‘rtog‘i S.O. va bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birga istiqomat qilib kelganligi, oilasi, qarindosh va boshqa tanishlari bilan o‘zaro kelishmovchilik yoki janjal bo‘lmaganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10710 | Инструменты