Huawei 1
Sirdaryoda bedarak yo'qolgan 61 yoshli ayolni topishda yordam berganlarga 10 mln so'm pul mukofoti beriladi

Sirdaryo viloyati Guliston shahar, 3-mavze, Bog‘ishamol mahallasi, Quruvchilar ko‘chasi, 6/11-uyda yashagan 1962-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, vaqtincha ishsiz Xolboyeva Bashorat Solibekovna 2023-yil 22-iyun kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Alohida belgilari: bo‘yi 160 sm atrofida, qosh ko‘zlari qora rangda, sochlari kalta qora rangda, iyagida qora xoli bor, egnida pushti gulli chit ko‘ylagi bo‘lgan, oyog‘ida shippak bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi. Fuqaroni topishda yordam berganlarga 10 mln so'm pul mukofoti beriladi. 

Tel: 102, 99-477-20-60, 97-121-55-05, 97-245-05-77, 91-507-00-55, 67-225-44-86, 78-221-02-72

Xabar bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты