Huawei 1
Sirdaryoda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga chora ko’rildi

Sirdaryo viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq qator huquqbuzarliklar aniqlandi.

Holatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Situatsion markazi tomonidan o’rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Xususan, Boyovut tumanida fuqaro Y.T., Sayxunobod tumanida Z.A., Guliston shahrida T.L., R.S., I.G. va T.X.lar belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashgan. Barcha huquqbuzarlarga MJtKning 91Prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari — 375 ming so’m miqdorida jarima belgilandi.

Ma’lumot uchun, onlayn kameralar respublikamizning deyarli barcha hududlarida o’rnatilgan bo’lib, nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko’rish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10800 | Инструменты