Huawei 1
Sirdaryoda bir kishi gazdan zaharlanib vafot etdi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi

Sirdayo viloyati Guliston shahri "Bog‘ishamol" MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan soat 10:00da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat kelib tushgan

Unga ko‘ra, mazkur obyektda “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida nomaʼlum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli og‘irlashgani haqida xabar berilgan.

Viloyat suv taʼminoti korxonasi masʼullari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli huquq-tartibot idoralari mas'ullaridan tashkil etilgan tezkor guruh o‘rganishlari natijasida hozirda xodim H.I. vafot etgan va qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan bo‘lib, shifokorlar tomonidan ahvoli o‘ta og‘irligi qayd etilmoqda.

Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63007 | Инструменты