Huawei 1
Sog'liqni saqlash vazirligi “Call-markaz” ishga tushirdi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus “Call-markaz” ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, mazkur “Call-markaz”ning 1295 raqamlari sogʻliqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq boʻlmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bogʻliq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan gʻoya va takliflari uchun ishlashni boshlagani ma'lum qilingan. 

Shuningdek, bu murojaatlarning aksariyati “Call-markaz”ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinadi. Bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan boʻladigan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilishi keltirib o'tilgan.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50609 | Инструменты