Soliq organlarida 446,5 mingga yaqin ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi. Ushbu shartnomalar bo'yicha 306,8 mlrd so'm soliqlar hisoblangan.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 318,1 mingta ijara shartnomasi asosida 225,8 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 12,3% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 49,4%ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 128,3 mingta ijara shartnomasi asosida 81 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 11,3% va hisoblangan soliq summasi 31,9%ga oshgan.
Uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-arelda daromad solig‘idan 26,9 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 63,9 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 93 986 nafarni tashkil etdi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты