Huawei 1
“Soyali sayr ko'chalari” tarmog'i yaratiladi

“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko'chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida quyidagilar ta'minlanadi:

- aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo'laklari bo'yida daraxtlar va o'simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko'chalari” tarmog'i yaratilishi, sohil va daryo bo'ylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sog'lomlashtirish yo'laklari qurilishi;

- “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog'im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, “yashil bog'lar” va “yashil jamoat parklari”da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;

- Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolbo'yi mintaqasidagi o'rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida sho'r va suvsizlikka chidamli o'simliklar (galofit) bog'lari tashkil etilishi;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilishi;

- jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo'yicha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33011 | Инструменты