Huawei 1
SSV: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi maʼlumotlar mutlaqo asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.

Avvalo, aytish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi maʼlumotlar mutlaqo asossiz.

Gap shundaki, Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta — Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo‘limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur bo‘limlarning barchasi bugun, 6-yanvar kunidan qayta ochildi va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab bo‘ldi.

Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagan.

"Shunday ekan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan turli asossiz va tekshirilmagan xabarlar tarqatmaslikni so‘raydi", deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10802 | Инструменты