Huawei 1
SSV: Qashqadaryoda tog‘aning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga ko‘chirib o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi tranplantatsiya amaliyotlari o‘tkazildi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, kosonlik Muhriddin Gʻaniyev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli tog‘asi Bahodir Panjiyevning buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.

Ayni paytda tog‘a-jiyan o‘zlarini yaxshi his etmoqda.

27 yoshli Baxtiyor Egamov 2018-yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelar edi. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan so‘ng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlandi. Nigora uzoq o‘ylanib o‘tirmadi – jigariga donor bo‘lishga rozilik bildirdi.

Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты