Yangi muassasaning tantanali ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari Durdona Rahimova hamda Shahnoza Sultanova, shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman tibbiyot birlashmalari masʼullari va boshqalar ishtirok etdi.
500 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu markazda bolalarga barcha turdagi yuqori malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Xususan, muassasada otolaringologiya, travmatologiya va ortopediya, somatika, nefrologiya va gemodializ, nevrologiya, reabilitatsiya, palliativ yordam, gastroenterologiya, yuqumli kasalliklar, jonlantirish va diagnostika bo‘limlari hamda laboratoriya mavjud.
Markazning diagnostika bo‘limi magnitli rezonans tomograf (MRT), multispiral kompyuter tomografi (MSKT), raqamli rentgen, ultratovush tekshiruv apparati (UTT) kabi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
Shoshilinch yordamga muhtoj bemorlarga zarur yordam ko‘rsatish maqsadida bu yerda "Emergency room" xonalari ham tashkil etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты