Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi "Bag‘rikeng" mahallasida yashaydigan Baxtiyor Muhammadiyev o'z tomorqasida 7 kilogrammli sholg'om yetishtirdi.
Fuqaro o‘tgan yil tomorqasining bir qismiga sholg‘om urug‘i sepgan.
O‘ttiz yildan buyon 50 sotix tomorqasida oila a’zolari bilan dehqonchilik qilib kelayotgan sohibkor hosilni yig‘ib boshlaganida bir donasi bir quchoq keladigan sholg‘omga duch keldi.
"Turmush o‘rtog‘im bilan har yili tomorqada mahsulot yetishtiramiz. Hali bunaqangi hosil olmaganmiz. Bir donasining og‘irligi 7 kilogrammdan oshmoqda. Ta’mi ham mazali",-deydi Baxtiyor Muhammadiyev.
Uning yana qo‘shimcha qilishicha, sholg‘om yetishtirishda hech qanday mineral o‘g‘it yoki maxsus dorilardan foydalanmagan. Sholg‘om urug‘ini bozordan sotib olib, tomorqasiga sepgach, uni mehr bilan parvarish qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты