Surxondaryo viloyatida harakatlanayotgan mashinaga osilib ketayotgan bola videosi tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, YPX xodimlari tomonidan qoidalarda nazarda tutilgan tartib hamda majburiyatlar xususida haydovchi va yo‘lovchiga tushuntirish ishlari olib borilgan.
Haydovchi holatni sezmaganini, 200 metrcha yurganidan keyin ko‘rgach, tushirganini aytgan. Shuningdek, bu xavfli ekani va boshqa takrorlanmasligini ta’kidlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11514 | Инструменты