Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori o‘qituvchining yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, maktab direktori U.T. maktab o‘qituvchisi D.K.ning dars soatlarini asossiz ravishda kamaytiriganligi sababli turmush o‘rtog‘i Y.M. tomonidan urib, tan jarohati yetkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga shikast yetkazish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Hokimlikning xabar berishicha, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov U.Tursunovadan xabar olish uchun shifoxonaga yo‘lga chiqqan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52107 | Инструменты