Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumanida joylashgan “BILOLBEK TRAVEL" MChJ ga nisbatan litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun jarima qo‘llanildi.
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Namanganda litsenziyasiz "Umra" safarini tashkil etgan turfirma jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22218 | Инструменты