Ijtimoiy tarmoqlarda "o‘quvchilarni sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilinganligi" aks etgan video tarqalganligi yuzasidan
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, 2024-yilning 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi, temir yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik foydalanishga topshirilib, ko‘prikning ochilish marosimiga sovuq ob-havoda Denov tumanidagi 14 va 16 - sonli musiqa maktablarining o‘quvchilari (16 nafar qiz hamda 4 nafar o‘g‘il bola) tumanning Madaniyat boshqarmasi topshirig‘iga ko’ra yengil bayramona kiyimlarni kiygan holda jalb qilingan.
Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘ygan mas’ullarga tegishli chora ko‘rish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritdi.
Taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilib, bolalarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yilganligi yuzasidan hududning tegishli mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.
Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlariga takroran yo’l qo‘ymaslik, o‘quvchilarni har qanday tadbirlarga asossiz jalb qilishni qat’iyan taqiqlash choralarini ko‘rishga oid ko‘rsatmalar Madaniyat vazirligi tomonidan berildi.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10802 | Инструменты