Ovqatlanish ratsionida sutning bo‘lmasligi muammolarga olib kelishi mumkin. Bu haqda aif.ru nashriga tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog, Rossiya federal oziqlanish va biotexnologiya ilmiy markazi katta ilmiy xodimi Natalya Denisova maʼlum qildi.
Sut mahsulotlaridan voz kechish oqsil va aminokislotalarning yetishmasligi, B vitaminlari, magniy, kaliy, fosfor va kalsiyning yetishmasligiga olib kelishi mumkin.
Ushbu elementlar suyaklarni mustahkamlaydi, asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va qon bosimini pasaytiradi.
Bundan tashqari, sutdan voz kechganingizda kayfiyatingiz yomonlashadi va ishda samaradorlik pasayadi, chunki sut tabiiy endorfin bo‘lib, quvonch gormonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, tinchlantiradi va yaxshi uxlashga yordam beradi.
"Agar biz har kuni 2-3 porsiya sut mahsulotlarini isteʼmol qilsak, oziq-ovqatimizda yetarli miqdorda kalsiy borligiga amin bo‘lishimiz mumkin", - deydi ekspert.
Sut va sut mahsulotlaridan voz kechishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты