1-may kuni soat 07:01 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qo‘shbegi ko‘chasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in -qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da o‘rab olingan va soat 08:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in bartaraf etilgandan so‘ng, yong‘in joyini o‘rganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.
Yong‘in natijasida sexning tahminan 700 kv.m maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul hodimlari chiqishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50113 | Инструменты