Huawei 1
Suyak saratonini davolashning yangi usuli topildi

Suyak saratoni bemorning tayanch a’zolariga ta’sir qiluvchi xavfli o‘smalar guruhi bo‘lib, asosan bolalarda aniqlanadi. Hozir dunyo bo‘yicha yiliga 52 mingga yaqin kishiga ushbu xastalik tashxisi qo‘yilmoqda.

Eng yomoni, ayni paytda uni davolash vositalari juda cheklangan. Muolaja jarayonida asosan kimyo va radioterapiya, shuningdek, amputasiyagacha bo‘lgan jarrohlik aralashuvlaridan foydalanilyapti.

Biroq suyak saratoniga chalinganlarning besh yil ichida omon qolish darajasi atigi 42 foizni tashkil etmoqda. Bu, o‘simta tez rivojlanib, birinchi navbatda, o‘pka va miyaga ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq.

Shu bois Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universiteti tadqiqotchilari yangi davolash usulini ishlab chiqdi. Olimlar yaratgan CADD522 preparati saraton metastazlarining tarqalishiga aloqador bo‘lgan RUNX2 genini blokirovka qilishga xizmat qiladi. Bu yangilik laborator sinovlarda suyak saratoni implantasiya qilingan sichqonlarning omon qolish darajasini 50 foizga oshirdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur davolash usuli kimyoterapiyaga nisbatan organizmga kamroq zarar yetkazadi. Soch to‘kilishi va ovqat hazm qilish muammolari kabi toksik yondosh asoratlarga olib kelmaydi.

Dastlabki sinovlarda CADD522ning birlamchi suyak saratoni muolajasida samarali ekanligi tasdiqlandi. Endi yangi ixtiro insonlarda klinik bosqichda sinab ko‘rilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты