O'zbekistonda ta’lim kreditini qanday olish mumkin?
Ta’lim kreditlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladi.
Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt);
- krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
- bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi ya’ni 14% miqdorida ajratiladi.
Avvalroq, xotin-qizlarga ajratilgan ta'lim krediti qanday hisoblanishi haqida xabar bergandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82200 | Инструменты