Butunjahon taekvondo ittifoqi may oyi uchun yangilangan jahon reytingini e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
O'zbekiston taekvondo federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, vazni 68 kilogrammgacha bo'lgan taekvondochilar orasida ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov birinchi o'rinda borayotgan bo'lsa, "Parij-2024" Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritib, mamlakatimiz sporti tarixida yangi sahifa ochgan Svetlana Osipova +73 kg. vazn toifasidagi reytingning ikkinchi pog'onasidan joy oldi.
Shuningdek, 54 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Xudoyberdiyev, vazni 80 kilogacha bo'lgan Jasurbek Jaysunov ushbu oyda jahon reytingining uchinchi pog'onasida bormoqda.
Quyida jahon reytingining may oyi uchun yangilangan jadvalidagi sportchilarimiz o'rni bilan tanishasiz:
Erkaklar:
54 kg: 29. Mirdiyor Mirayimov (17.20)
58 kg: 41. Kamronbek Mansurov (21.52)
74 kg: 31. Najmiddin Qosimxojiyev (18.00)
87 kg: 6. Shuhrat Salayev (38.32), 18. Yodgorbek Jo'raboyev (21.60)
+87 kg: 8. Marat Mavlonov (62.00).
Ayollar:
46 kg: 30. Madina Shoniyozova (17.28)
53 kg: 42. Laylo Zayniddinova (13.20)
57 kg: 18. Madina Mirabzalova (30.00)
67 kg: 5. Ozoda Sobirjonova (90.00)
73 kg: 18. Gulsanam Alijonova (18.00)
Alpha version: 0.9.1.19 build 22205 | Инструменты