Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Ne’matov joriy yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt qiymati o‘zgarmasa, talabalar uchun beriladigan stipendiya miqdori oshirilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Mamlakatda talabalarni ijtimoiy himoya qilish masalasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, OTMlarda kontrakt summasining o‘zgarishsiz qoldirilishi ham shular jumlasidan, – deydi Sherzod Ne’matov.
Ta'kidlanishicha, aholining oylik ish haqi va pensiyasi, talabalarning stipendiya miqdori kabi to‘lov turlari bir-biriga differensial ravishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinadigan masala hisoblanadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida juda ko‘p nomdor stipendiyalar turi joriy etilgan. Bu kabi stipendiyalar bundan mustasno. Faqatgina umumiy xarakterga ega bo‘lgan stipendiyalargagina Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты