Huawei 1
Talabgorlar arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkaziladi

Hukumat qarori (208-son, 08.04.2025 y.) bilan “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi. 

Reglament tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga masʼul shaxsning kompetentligi yuzasidan uni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

Attestatsiya tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga qo‘yiladigan malaka talablariga talabgorning muvofiqligini aniqlash va kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHM ning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘tkazilgan attestatsiya natijasi bo‘yicha tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha tegishli kompetentga ega deb topilgan talabgorga QR-kod qo‘yilgan guvohnoma yuboriladi. 

Guvohnomaning amal qilish muddati – 3 yil.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41813 | Инструменты