Huawei 1
Tamaki mahsulotlarining tranzit tartibi belgilanmoqda

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tamaki mahsulotlarini tranzit olib o‘tishda bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Nizomga ko‘ra, tamaki mahsulotlarini tranzit olib o‘tishda vakolatli shaxs tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etishda  belgilangan maʼlumotlar bilan birga quyidagilar ko‘rsatilgan holda murojaat qiladi:

- tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikati va uning elektron nusxasi;

- yetkazib berish shartnomasining (bitimining) elektron nusxasi;

- tovarlar bir nechta qismga ajratilib, tranzit yo‘li bilan tashilgan taqdirda, ularni olib o‘tish jadvalining elektron nusxasi;

- tovarlar tranziti bo‘yicha bojxona to‘lovlari summasi bojxona organlarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;

- tovarlarning qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bilan markalanganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, qonunchilikka muvofiq aksiz markasi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno.

Bunda dastlabki maʼlumotlar faqat transport vositalarining inspeksion ko‘rik majmualari bilan jihozlangan chegara bojxona postlari orqali taqdim etiladi.

Tranzit uchun bojxona to‘lovlari summasi milliy valyutada yoki AQSH dollarida bojxona organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Depozit hisobvarag‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti hamda chegara o‘tkazish punktlariga joylashtiriladi.

Tovarlar bojxona nazoratidan yechilgandan so‘ng 5 ish kuni ichida to‘langan bojxona to‘lovlari to‘lovchiga qaytariladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты