Operator va rejissor Jasur Shametov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U “Zarb”, “Gunoh”, “Poyma-poy”, “Sadoqat”, “Qalbaki dunyo”, “Achchiq hayot”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi bir qancha badiiy filmlarda operatorlik, “Mahallada nima gap” musiqiy-komedik filmida rejissorlik, “MTV shou” dasturida prodyuserlik qilgan.
Mahoratli operator bir qancha xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan.
Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12606 | Инструменты