Huawei 1
Tarkibida o'sma kasalliklariga qarshi modda bo'lgan Godji mevasi haqida eshitganmisiz?

Godji – ko‘p yillik butasimon o‘simlik. Uning asl vatani Xitoyning Tibet tog‘lari hisoblanadi. O'zbekistonda uning 3 ta yovvoyi turi uchraydi. Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlari tadbirkorlari godji yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajribaga ega.

Mazkur o‘simlik qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sadi. Uzunligi 4 metrgacha bo‘ladi. Godjining dunyoda 90 dan ortiq turlari mavjud. Qizil va qora mevasi oziq-ovqat sanoatida va tabiiy bo‘yoq olishda qo‘llaniladi.

Godjining asosiy xususiyati – uning tarkibida o'sma kasalliklariga qarshi xususiyatlarga ega mineral – germaniy mavjud.

Mevalari tarkibida ko‘p miqdorda askorbin kislota, vitaminlar va biologik faol moddalar borligi aniqlangan. Pishib yetilgan mevalar karotinga, V1, V2, PP, C vitaminlariga juda boy. Uni quritilgan holda ham isteʼmol qilish mumkin.

Shuningdek, meva immunitetni mustahkamlashda foydali. Italiya, Germaniya, AQSH, Kanada, Xitoy, Koreya hamda yaqin sharq mamlakatlarida keng foydalaniladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31321 | Инструменты