Huawei 1
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi

2024-yil 1-apreldan boshlab “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2024-yilgi davlat dasturi loyihasida so'z borgan.

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-avgustga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tashabbusli budjet bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlar olish, mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini talab qilish hamda loyihalar amalga oshirilishini jamoatchilik tomonidan monitoring qilish imkoniyati yaratilishi ham ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, 2024-yil mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi. 

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.

Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14-fevralgacha davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты