2025-yil 1-yanvar holatiga 129 099 ta tashkilotning 441,2 ming nafardan ziyod xodimida 495 771 soliq obyekti bo‘yicha 337,9 mlrd so‘m (yer solig‘i - 210,1 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 127,8 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
- 62,4 mlrd so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
- 10,3 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
- 265,2 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):
- qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 36,5 mingta tashkilotda ishlovchi 55,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 65,5 mlrd soʻm;
- sanoat sohasidagi 16,3 mingta tashkilotda ishlovchi 80,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 58 mlrd soʻm;
- savdo sohasidagi 29,6 mingta tashkilotda ishlovchi 44,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 42 mlrd soʻm;
- qurilish sohasidagi 8,5 mingta tashkilotda ishlovchi 32,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 39,6 mlrd soʻm;
- tashish va saqlash sohasidagi 4,2 mingta tashkilotda ishlovchi 20,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 13,1 mlrd soʻm;
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 6,9 mingta tashkilotda ishlovchi 10,9 ming nafar xodimning soliq qarzi – 10,7 mlrd soʻm;
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 3,1 mingta tashkilotda ishlovchi 5,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 3,8 mlrd soʻm;
- axborot va aloqa sohasidagi 1,3 mingta tashkilotda ishlovchi 4,7 ming nafar xodimning soliq qarzi – 4 mlrd soʻm;
- boshqa faoliyat turlari sohasidagi 11,5 mingta tashkilotda ishlovchi 35,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd soʻm.
Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 1,5 mlrd so‘m;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ - 1,4 mlrd soʻm;
“UzAuto motors” AJ - 1,3 mlrd soʻm.