Huawei 1
"Tashqi omillar taʼsirida shu holatga kelgan": jurnalistika universiteti binosidagi yoriqlar sababi ma'lum qilindi

Avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumani Qiyot koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosida yuzaga kelgan yoriqlar haqida xabar qilgan edik. Mazkur masala Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

Ma'lum qilinishicha,  ushbu yoriqlar universitetning eski mavjud binosi hamda oʻtish yoʻlagi oraligʻida hosil boʻlgan. Ikki bino oʻrtasidagi maxsus chok (temperaturniy shov), yillar davomida tashqi omillar taʼsirida shu holatga kelgan.

Shuningdek, eski mavjud bino 1978-yilda loyihalashtirilgan va shu kunga qadar unda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan. Ta'kidlanishicha, yoriqlar bilan bogʻliq holatning 2019-yil Investitsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilgan  universitetning yangi binolariga umuman aloqasi yoʻq.

"Bu bino gʻisht devoridagi yoriqlar emas. Shuningdek, oʻrganish ishlari davomida binoning poydevori ham koʻzdan kechirildi. Vizual tekshiruv natijasiga koʻra poydevorda choʻkish alomatlari mavjud emas", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11805 | Инструменты