Huawei 1
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

1968 yilda tug‘ilgan X. I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga kelgan.  Ish jarayonida sog‘lig‘ida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli u  Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan. Bemor O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘rab, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

Bosh konsulxona xodimlari vatandoshimizni O‘zbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarni shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunladilar.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan airways" milliy aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan  birgalikda X.I.ning “Qozon–Toshkent” aviayo‘nalishi bo‘yicha oilasi bag‘riga sog‘-salomat yetib olishi taʼminlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты