Bugun xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar saylov komissiyasi raisining joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada xalq deputatlari Xiva shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada Davletov Temur Ismoilovich Xiva shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110619 | Инструменты