Huawei 1
Termizdan Toshkentga kelayotgan avtobusda uxlab yotgan ayolga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

2023-yilning 15-noyabr kuni A.R. (erkak) Surxondaryo viloyati, Termiz shahri avtovokzalidan Toshkent shahriga kelayotgan avtobus ichida, N.Ch.ning (ayol) uxlab qolganidan foydalanib, ko‘krak qismiga tegajog‘lik qilganligi, N.Ch. unga qarshilik ko‘rsatganida u bilan janjal qilib jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimaganligi aniqlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, A.R. ayolning yonidagi o‘rindiqda o‘tirib, u uxlab qolganidan foydalanib uning kiyimini yechgan va ko‘krak qismiga tegingan.

Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi bo‘lib o‘tgan sud majlisida A.R. MJtKning 183-moddasi va 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Unga nisbatan MJtKning moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga