Huawei 1
Terroristik tashkilot jangarilariga bevalarni turmushga berish bilan shug‘ullangan namanganlik ayol qidirilmoqda

Terroristik tashkilot jangarilariga beva ayollarni turmushga berish bilan shug‘ullanib kelayotgan namanganlik ayol qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sattorova Roziya (laqabi Fotima) 1982-yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i ta’sirida “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llay boshlagan va oila a’zolariga hijrat, jihod qilish kerakligini aytib, da’vatlar qilib kelgan. 

Qidiruvdagi shaxsning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi bilan Turkiya orqali Suriyaga borgan hamda “Tavhid va jihod” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan. U jamoat tarkibidagi beva ayollarga mas’ul etib tayinlangan. Hozirda tashkilot jangarilariga beva ayollarni turmushga berish hamda jamoat rahbarlarining topshiriqlarini ayollarga yetkazish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

U Jinoyat kodeksining 155-prim 2- moddasi 2-qismi, 244- prim 2-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergov organidan yashirinib kelgani uchun 2020-yildan buyon qidiruvda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты