Test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati ma'lum qilindi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

•    Stadion yoki xiyobonning rasmi;
•    Hududga kirish joylari;
•    Stadion yoki xiyobon nomi;
•    Stadion yoki xiyobon manzili;
•    Sektor raqami;
•    Test topshiradigan guruhlar;
•    Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
dtm.uz/page/maydon_2021

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112221 | Инструменты