Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini o'tkazish tartibi belgilandi

“Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini o'tkazish tartibi to'g'risidagi”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3746-son, 07.01.2026-y.).

Nizomga ko'ra, quyidagi tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz davlat ro'yxatidan o'tkaziladi, jumladan:

- xavfsizlik klassifikasiyasi bo'yicha I sinfga mansub tibbiy jihozlar;

- Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ro'yxatdan o'tkaziladigan “In vitro” tashxis tibbiy jihozlari;

- O'zbekiston Respublikasida klinik tadqiqotlari oldin o'tkazilgan tibbiy jihozlar. 

Klinik tadqiqotlarni o'tkazish to'g'risidagi qaror Markaz tavsiyasi asosida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Klinik tadqiqotlar tibbiy jihozning xavfsizlik darajasiga ko'ra kamida 20 nafar klinik tadqiqot subyekti jalb etilgan holda o'tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11006 | Инструменты