Huawei 1
Tibbiy turizmga oid davlat standarti qabul qilindi

O'zbekistonda sayyohlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida yangi davlat standarti ishlab chiqildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur standart “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 «Turizm va sport» standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2022 yil 17 yanvardagi 05-1369-son buyrug‘iga asosan qabul qilindi. 

 O‘z DSt ISO 22525:2021 (ISO 22525:2020, IDT) “Turizm va unga bog‘liq xizmatlar. Tibbiy turizm. Xizmat ko‘rsatishga talablar” davlat standarti tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlarning vositachilari va taʼminotchilari uchun talab va tavsiyalarni belgilaydi.

Ushbu standart tibbiy sabablarga ko‘ra sayohat qilayotgan sayyohlarning talablarini qanoatlantirish uchun ularga sifatli xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Standart 2022 yil 1 apreldan amalga joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112313 | Инструменты