Huawei 1
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hamda Toshkent va Namangan, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlari SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 116 turdagi 1621 o‘ram jumladan, 36 turdagi 616 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan, 75 turdagi 950 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan, 5 turdagi 55 o‘ram yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtika mahsulotlariga tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha xulosa berildi.

Bu bilan sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты