Huawei 1
To‘lov-shartnomasini olish uchun onlayn arizalar qabuli boshlandi

22-avgustdan to‘lov-shartnomasini olishga onlayn arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborish mumkin.

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak.

Bundan tashqari, shartnoma uchun arizalarni “Kontrakt Edu” mobil ilovasi orqali ham jo‘natish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91307 | Инструменты